Bosh Sahifa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tanlangan maqola

AQSh iqtisodiyoti – oʻta yuqori darajada rivojlangan aralash iqtisodiyot. Amerika Qoʻshma Shtatlari dunyodagi eng katta nominal YIMga hamda juda katta iqtisodiy boyliklarga egalik qilib, hozirda dunyo mamlakatlarining xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha hisoblangan yalpi ichki mahsuloti boʻyicha Xitoydan keyingi ikkinchi oʻrinni egallab turibdi. Mamlakat yaqin vaqtlarga qadar aholi jon boshiga hisoblangan YIM (nominal) boʻyicha dunyoda sakkizinchi oʻrinni egallab turgan, ammo 2022-yil holatiga koʻra, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan YIM boʻyicha toʻqqizinchi oʻrinni qayd etdi. AQShning 2022-yildagi nominal YIM hajmi jahon iqtisodiyotining 25,4 foizini, XQP boʻyicha YIM hajmi esa taxminan 15,6 foizini tashkil etdi. Qoʻshma Shtatlar dunyodagi eng taraqqiy etgan texnologik va innovatsion iqtisodiyotga ega mamlakatlardan biri sanaladi. AQSh firmalari texnologik yutuqlarda, ayniqsa, sunʼiy intellekt, kompyuter, farmatsevtika, tibbiyot, aerokosmika va harbiy texnika sohalarida yetakchi oʻrinlarni band etib turibdi. AQSh dollari xalqaro savdoda eng keng qoʻllaniladigan yetakchi valyuta boʻlib, u mamlakat iqtisodiyoti, barqaror hukumati, armiyasi hamda neft-dollar tizimiga mos standart valyuta sifatida qoʻllanilishi sabab dunyo boʻylab keng tarqalgan. (Davomi...)

Yaxshi maqola
Zamonaviy makroiqtisodiyot asoschisi John Maynard Keynes
Zamonaviy makroiqtisodiyot asoschisi John Maynard Keynes

Makroiqtisodiyot — (grekcha: μακρός — „uzun“, „katta“, οἶκος — „uy“ va νόμος — „qonun“) iqtisodiy hodisalar va ularning harakatini bir tizim deb oʻrganuvchi iqtisodiyot nazariyasining boʻlimi. Mamlakatning iqtisodiy holati va rivojlanishini ifodalovchi umumlashgan koʻrsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy investitsiyalar yigʻindisi, muomaladagi jami pul miqdori va shu kabi jami xoʻjalik boʻyicha jamlanma, umumlashtiruvchi koʻrsatkichlar makroiqtisodiyot oʻrganadigan obyektlar hisoblanadi. Oʻz ichiga hududiy, milliy va xalqaro iqtisodiyotlarni qamrab oladi.

Makroiqtisodiyot mikroiqtisodiyot bilan birgalikda iqtisodiyot fanidagi 2 eng muhim boʻlimlarni tashkil etadi. Mikroiqtisodiy darajada hal etib boʻlmaydigan muammolar makroiqtisodiyotda koʻrib chiqiladi. Makroiqtisodiy taʼlimotlar rivojlanishida 10 dan ortiq maktab tashkil topgan. Ular paydo boʻlgan davlati va asoschilarining gʻoyalariga koʻra farq qiladi. Makroiqtisodiyot termini birinchi marta Ragnar Frisch tomonidan 1934-yil, 14-avgustda qoʻllanilgan. „The General Theory of Employment, Interest and Money“ kitobida keltirilgan gʻoyalari uchun zamonaviy makroiqtisodiyot asoschisi John Maynard Keynes hisoblanadi. (Davomi...)

Xushsifat maqola

Boqi Muhammadxon ibn Jonibek Sulton (1554-yil, Buxoro xonligi –1605-yil, Buxoro xonligi) – ashtarxoniylar sulolasining birinchi vakillaridan biri, Buxoro xonligi hukmdori (1601–1605). Davlat arbobi va sarkarda. Oʻzbek hukmdori Abdullaxon ibn Iskandarxonning (1583–1598) jiyani va uning hukmronligi davrida koʻpgina harbiy yurishlari qoʻmondoni. 1599–1601-yillarda Samarqandda hokimi.

Boqi Muhammadxon hukmronligi davrida bir nechta mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlar olib borgan. Safaviylarga qarshi kurashda Usmonli imperiyasi bilan ittifoqdosh boʻlgan. Xurosonni qaytib olish maqsadida safaviylarga qarshi harbiy kurashlar olib borgan. Buxoro xonligiga xavf solgan Qozoq xonligi qoʻshinlarini mamlakat hududidan chiqarib yuborishga boshchilik qilgan. Boqi Muhammadxon mamlakat shimoliy chegaralarini koʻchmanchi qabilalardan himoya qilib, davlatni tashqi dushmanlardan himoya qilishga ham eʼtiborini qaratgan.

Boqi Muhammadxon mamlakatni idora qilish tizimi va soliqlarni tartibga solish, qoʻshinni qayta tashkil qilish kabi qator islohotlar oʻtkazgan, savdo-sotiq, hunarmandchilik, obodonchilik ishlariga katta eʼtibor bergan(Davomi...)

Tanlangan roʻyxatlar